Oq uy matbuot xizmati tarqatgan xabarda AQSH Prezidenti Jo Bayden chet el kompaniyalari va jismoniy shaxslarga mamlakat saylovlariga aralashganlik uchun sanksiya qo‘llash imkonini ko‘zda tutuvchi farmonni yana bir yilga uzaytirdi.
– Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga chet el aralashuvi yoki jamoatchilik ishonchini yo‘qotish tahdidi sababli 13848-sonli Ijro qarorida e’lon qilingan favqulodda vaziyat yana bir yilga uzaytiriladi, – deyilgan Oq uy bayonotida.
Mazkur hujjat yuridik va jismoniy, jumladan Rossiyadan kelgan shaxslarga nisbatan saylov jarayoniga ta’sir o‘tkazishga urinishi munosabati bilan sanksiya qo‘llash uchun rasmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bayden ta’kidlashicha, xorijiy kuchlar AQSHdagi saylovlarda natijani o‘zgartirishi yoki ovoz soniga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida hech qanday dalil bo‘lmasa-da, ayrimlar tarixan Amerikaning erkin va ochiq siyosiy tizimidan foyda olishga intilib kelgan.