Xabar berganimizdek, shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida qit’a chempionati bahslari tashkil etilmoqda.
Bugun qit’a chempionatining o‘smir qizlar o‘rtasidagi final janglari o‘tkazildi. Oltin medallar uchun kechgan janglarda 8 nafar bokschi qizimiz ishtirok etib, ularning yetti nafari g‘oliblikka erishdi. Bu esa O‘zbekiston terma jamoasi o‘smir qizlari musobaqada 7 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishini ta’minladi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Nilufar Hamdamova, Robiya Ravshanova, Sevara Mamatova, Aselya Tulegenova, Hadichabonu Bekova, Maftuna Yangiyeva, Mavjuda Abdusaidova oltin, Maftuna Musurmonova kumush, Farzuna Ro‘ziyeva va Nilufarxon Abduhoshimova bronza medallariga musharraf bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA