“The Guardian” nashri “Informa Connect Academy” tahlil markazi ma’lumotiga tayanib yozishicha, milliarder Ilon Mask 2027 yilga kelib yer yuzidagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bunday maqomga keyingi da’vogarlar sifatida hindistonlik biznesmen Gautam Adani va “Nvidia” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Jensen Xuang e’tirof etilgan.
– Elektr bilan harakatlanuvchi mashina ishlab chiqaradigan “Tesla”, kosmik kema uchirishga ixtisoslashgan xususiy “SpaceX” kompaniyalari hamda “X” ijtimoiy tarmog‘i egasining mulki yiliga o‘rtacha 110 foizdan ortib boryapti, – deyilgan materialda.
“Forbes” nashri sentyabrda e’lon qilgan ma’lumotda Maskning davlati 241 milliard AQSH dollari ekani keltirilgan.