Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi doirasidagi tadbirlarda SHHT va MDHga a’zo davlatlar, MDH organlari ishchi tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari vakillari chiqish qilmoqda.
MDHga a’zo davlatlar Aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev o‘z nutqida Afg‘onistonda terrorchilik harakati sezilarli darajada pasayganini qayd etdi.
U mintaqaviy nizolar hududlaridan xalqaro terrorchilik tashkilotlar jangarilarining kirib kelishini kamaytirish maqsadida afg‘on hokimiyati vaziyatni barqarorlashtirish, terrorchilik guruhlariga qarshi kurashish, tashqi chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha faol ishlar olib borayotganini ta’kidladi.
Ayni damda, “Islom davlati – Xuroson viloyati” guruhi tomonidan jamiyatni radikallashtirish, davlat tuzilmalariga nisbatan nafrat, shuningdek, irqlararo, millatlararo va konfessiyalararo adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan tahdidlar yuqori darajada ekani qayd etildi.
Uning takibida sobiq sovet davlatlari vakillarining ko‘pligi hududidan MDH va SHHT mamlakatlari maxsus xizmatlari ushbu guruh va boshqa xalqaro tashkilotlarga qarshi kurashishdagi sa’y-harakatlarini birlashtirish masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda.
O‘zA