Kecha Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar tarqatdi “Ilkha” nashri.
Yevropa – O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi hodisa 200 kilometr chuqurlikda kuzatilganini tasdiqladi. Markaziy nuqta 12 mingdan ko‘p aholi istiqomat qiladigan “Jurm” qishlog‘idan 32 kilometr janubi-sharqda.
Mahalliy OAV yaqin atrofdagi Ashqashom, Ishqoshim, Fayzobod, Xondud kabi bir necha shaharda kuchsiz silkinish sezilgani, qurbonlar va moddiy zarar haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini yozgan.
Shuningdek, faollik poytaxt Kobul, mamlakatning shimoliy viloyatlari hamda qo‘shni Tojikiston va Pokistonda ham qayd etilgan.
Hindukush tog‘ tizmasida joylashgan noqulay relefi va seysmik noqulayligi bilan mashhur Badaxshonda zilzila tez-tez sodir bo‘lib turadi. O‘tgan yil ham Afg‘oniston g‘arbi uch marta kuchli yer qimirlashi ro‘yxatga olingan.
Hozirgi zilzilaning bevosita ta’siri, deyarli, sezilmagan bo‘lsa-da, mamlakat rasmiylari aholini hushyorlikka chaqirdi.