Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Reynis Trokshning bayram tabrigi:

– Latviya va O‘zbekiston an’anaviy ravishda juda yaxshi aloqalarni saqlab kelgan va biz hamkorligimizning yangi bosqichlarga ko‘tarilayotganini ko‘ryapmiz. Xalqlarimiz o‘rtasida yaxshi muloqot yo‘lga qo‘yilgan, bugungi kunda ko‘plab o‘zbek talabalari Latviyada tahsil olishmoqda. Bizning biznesimiz ham O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tobora ko‘proq qiziqish bildirmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdormiz. Mamlakatdagi turli soha, sektorlar jadallik bilan rivojlanib borayotganiga guvohmiz. Biz buyuk davlat va jamiyat qura olgan O‘zbekistonni yaxshi ko‘ramiz, yanada ko‘p islohotlar amalga oshirishda yordam berishga tayyormiz.

Latviya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik kengayib borayotgani, shuningdek barcha davlatlar bilan juda yaxshi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani bizni quvontiradi. Biz bu hamkorlik faqat o‘sib, yanada rivojlanadi, deb ishonamiz. Bugun ko‘plab biznes-delegatsiyalar O‘zbekiston tashkil qilayotgan tadbirlarga tashrif buyurib, faol ishtirok etmoqda. Ishbilarmonlar mamlakatingiz bozoriga katta qiziqish bildirmoqda, ular turli yo‘nalishlarda investitsiya kiritishga intilmoqda. Boisi, butun dunyo biladi, respublikada yaxshi biznes muhiti shakllangan, tadbirkorlikka keng imkoniyat yaratilgan.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini bo‘lajak Mustaqillik kuni bilan tabriklayman. Ko‘ngli pok, mehridaryo yurt fuqarolariga farovonlik, mustahkam sog‘lik va eng yaxshi tilaklarni yo‘llayman, mamlakat rivojida yanada katta yutuqlar tilayman. Ko‘plab islohotlar amalga oshirilayotganini ko‘ryapmiz. Latviyaning O‘zbekistondan o‘rganadigan narsalariko‘p. Biz bunga chindan ham quvonamiz va erishilgan progressni yuksak qadrlaymiz.

Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA