Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak va Ukraina mudofaa vaziri Rustam Umerov shu hafta AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati vakillari bilan uchrashib, Oq uyni uzoq masofaga mo‘ljallangan Amerika qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga qo‘yilgan cheklovni olib

Ukrainalik mulozimlar Vashingtonga “Kiyevga qarshi harbiy amaliyot yo‘nalishini o‘zgartirishni qiyinlashtiradigan” “ustuvor maqsadlar” ro‘yxatini ham taqdim etmoqchi.

Ta’kidlanishicha, Umerov juma kuni mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashadi. Yermak kim bilan muloqot o‘tkazishi haqida ma’lumot berilmagan, biroq u avvalroq Vashingtonda Davlat kotibi Entoni Blinken va Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan muzokaraga ishora qilgandi.

Seshanba kuni Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder jurnalistlarga Zelenskiy G‘arbni Rossiya hududiga raketa zarbasi berilishi bo‘yicha taqiqni bekor qilishga chaqirayotganiga qaramay, hali joriy cheklov bekor qilinishi rejalashtirilmaganini aytdi.