Qirg‘iziston hukumati mamlakat ichida tovar va xizmatlar uchun to‘lovni faqat somda amalga oshirish taklifi ishlab chiqilyapti. Tegishli qonun loyihasi parlament deputatlari tomonidan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi, deb yozgan “Kazinform” agentligi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda respublikada ichki savdo – ko‘chmas mulk, avtotransport vositasi bilan amaliyot, kreditlash, tur tashkil etish xorijiy valyutada amalga oshirilyapti. Bu milliy valyutaga bosimni kuchaytiradi.
Kredit tizimi, masalan uy-joy uchun bo‘lib-bo‘lib to‘lashda fuqarolar pul bozori keskin sakrashi yoki chet el valyutasi kursi sun’iy ravishda o‘sishi tufayli qiyinchilikka duch keladi.
Shu munosabat bilan qonun loyihasida somning maqomini mustahkamlash va mamlakat ichida savdoni faqat milliy valyutada olib borish taklif etilmoqda. Chet el bilan bog‘liq daromadi va xarajati bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar eksport-import bilan bog‘liq savdo faoliyatini xorijiy valyutada amalga oshirishi mumkin.
Avvalroq Qirg‘iziston Milliy banki diskont stavkasini 9 foiz darajasida saqlab qolgani xabar qilingan edi.