Joriy yilning 29 avgust kunidan 9 sentyabr kuniga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida o‘smirlar, o‘smir qizlar, kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli musobaqada qit’amizning 26 davlatidan 500 nafarga yaqin turli yoshdagi charm qo‘lqop ustalari ishtirok etadi. Musobaqada jamoamiz 3 ta tarkibda qatnashadi.

Aniqrog‘i, o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda 13 nafardan o‘g‘il va qiz bokschilarimiz bahslarga kirishsa, kichik o‘smirlar toifasida 15 nafar sportchimiz ringga ko‘tariladi. Ularga murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyorjon To‘raboyev, Ma’rufjon Muzaffarov, Jahongir Rahmonov, Bahrom Rahimov, Jasurbek Latipov, Hamza Avezov, A’zim Xudoyqulov, Islom Tadjibayev, Akmalbek Qosimov va Eldor Xolmatov janglar davomida keraklik ko‘rsatmalarni berib boradi.

Shuningdek, terma jamoamiz menejeri sifatida Mirzohid No‘monov, shifokor bo‘lib Xurshid Mirgaliyev delegatsiyamiz tarkibidan joy olgan. Mazkur chempionatda hamyurtimiz Bekjon Yusupov hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA