Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ukrainaga keldi. Tashrifdan maqsad, hamma kutganidek, Prezident Vladimir Zelenskiy bilan Ukraina – Rossiya mojarosini to‘xtatish yuzasidan gaplashish edi. Shuningdek ikki tomonlama munosabat ham kun tartibidagi mavzulardan biri bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, Modi Moskva bilan ham, Kiyev bilan ham aloqani ushlab turgan sanoqli siyosatchilardan biri sanaladi. Ayni payt ko‘plab ommaviy axbort vositalari asosiy e’tiborni mazkur tashrif natijasiga qaratmoqda.

“RIA Novosti” yozishicha, Bosh vazirga hamrohlik qilayotgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar ikki mamlakat yetakchilarining Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan keyin brifing o‘tkazib, Hindistonning qarashi ziddiyatni hal qilish uchun muloqot zarurligi va jang orqali tinchlik o‘rnatishning iloji yo‘qligiga asoslanganini eslatgan.

– Bosh vazir bizning pozitsiyamizni, ya’ni muloqot va diplomatiya ixtilofni hal qilish kaliti ekani, yechim jang maydonida emas, balki tinch yo‘l bilan topilishini aytdi, – dedi u. – Zero global janubda ushbu mojaroning oqibati haqida keng tarqalgan xavotir bor.

Jayshankar ta’kidlashicha, Modi iyul oyi boshida Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham suhbatlashganini eslatgan. Zelenskiydan jangovar hududdagi vaziyat hamda “mavjud vaziyatning diplomatik jihatiga baho berishni so‘ragan. Zelenskiy bu masalada “ancha uzoq” gapirgan.

Harbiy amaliyotdan tashqari, oziq-ovqat va energetika bilan bog‘liq  o‘rta muddatli istiqboldagi tashvishli masalalar ham ko‘tarilgan.

Jayshankar muammoni hal qilishga turli yondashuv mavjudligini ta’kidlagan. Tinch yo‘l bilan kelishuv yo‘llari haqidagi savolga javob berar ekan, mulozim Hindiston tomoni o‘z g‘oyasi bilan o‘rtoqlashgani, shuningdek boshqa bir necha davlat bilan ham muzokara olib borilgani, jumladan Moskvadagi batafsil muhokama ham natija berganini bildirgan. Ukraina tomoni, o‘z navbatida, nafaqat “Moskvadagi gaplar”ga izoh berdi, balki o‘z qarashini ham batafsil ifodaladi. Suhbat yakunida har ikki tomon muhokama qilinayotgan masala “o‘ta murakkab muammo” ekanini e’tirof etgan.

Zelenskiy Modi bilan uchrashuvni barcha ukrainaliklar uchun g‘oyat do‘stona va ahamiyatli voqea sifatida baholadi.

Rossiya проигрыvaет войнu в Украине?

Tabiiyki, Hindiston Bosh vazirining Ukrainaga tashrifi Vashingtonni ham befarq qoldirmadi. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi strategik aloqalar muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi mazkur muloqot foydali bo‘lishi mumkinligini aytgan.

–  Hindiston, shuningdek Bosh vazir ham AQSHning kuchli hamkori, – degan mulozim jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda. – Uning Kiyevga safari va Prezident bilan urush qachon, qanday yakunlanishi haqidagi suhbati mojaroni to‘xtatishga ko‘maklashsa, Zelenskiyning adolatli tinchlik o‘rnatishga nisbatan qarashiga javob bersa, uchrashuvni foydali, deb hisoblash mumkin.

S. Rahimov, O‘zA