Dushanba kuni AQSH Davlat departamenti Janubiy Koreyaga 36 ta “Apache” vertolyoti sotilishini ma’qullagan edi. Mazkur kelishuv qiymati 3,5 milliard dollarga baholangan.

Shimoliy Koreya tashqi siyosat idorasi ta’kidlashicha, Amerika o‘z qurolini Osiyo-Tinch okeanidagi ittifoqchilariga berishi mintaqa xavfsizligi uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tahdiddir.