Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 125 million dollar qiymatida qo‘shimcha harbiy yordam ajratishini e’lon qiladi, deb yozdi “Assoshieyted Press” agentligi.
O‘tgan hafta Oq uy strategik aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi yaqin kunlarda Kiyevga yangi harbiy yordam jo‘natilishi to‘g‘risida bayonot bergandi.
Kirbi o‘shanda jurnalistlarning “Qanotli raketalar ham beriladimi? mazmunidagi savoliga javob bermagan, biroq Vashington Ukraina Qurolli kuchlarini zarur qurol bilan muntazam ta’minlashini ta’kidlagan edi.