Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
So‘nggi ikki yilda bozorga kirishdagi 13 ta eksklyuziv huquq bekor qilingan edi. Yaqinda yana 7 tasi bekor bo‘ladi. Bu orqali 1,5 mingdan ortiq tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyati yaratiladi.
Misol uchun, mehmonxona faoliyatini sertifikatlash bilan akkreditatsiyasi bor barcha korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.
Yoki, Qurilish vazirligidagi “Shaffof qurilish” tizimi orqali tender savdolari uchun hujjatlarni faqat vazirlik qoshidagi konsalting markazlari tayyorlab berayapti.
Endi, 1 oktyabrdan xuddi Tadbirkorlik reytingi kabi “Shaffof qurilish” tizimini tadbirkorlarni o‘zi yuritadi. Konsalting markazlari funksiyalari to‘liq xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Prezident tadbirkorlar taklif bersa, davlat idoralari ko‘rsatayotgan boshqa xizmatlarni ham xususiy sektorga berishga tayyorligini bildirdi.
O‘zA