Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

Mahalliylashtirishda faqat tovarlar emas, xizmatlar bo‘yicha ham katta imkoniyatlar bor.

Masalan, energetika sohasida 36 milliard dollarlik 27 gigavatt elektr energiya ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu kabi ob’ektlardagi yuqori texnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha malakali xizmatlarga talab yildan-yilga ortayapti.

Kimyo, metallurgiya korxonalari, nasos stansiyalari va GESlar, to‘qimachilik va tibbiyotda ham bunday xizmatlarga talab katta.

Shu bois, bir yil ichida 3 mingta mahalliy mutaxassis Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuboriladi. Ularning xarajatlarini davlat qoplab beradi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yirik korxonalarga servis ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

O‘zA