Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istondagi sanoat loyihalari uchun 100 million dollar resurs berildi.
Nukus shahrida sanoat ipotekasi asosida tadbirkorlarga beriladigan 35 ming kvadrat metr maydoni bor ilk loyiha ishga tushayapti. Bir oy ichida yana bir shunday ob’ekt foydalanishga topshiriladi.
Mutasaddilarga ushbu tajribani ommalashtirib, yil yakunigacha Nukus erkin iqtisodiy zonasi hududida zamonaviy texnopark tashkil qilish topshirildi. Bunda, biznes uchun tayyor binolar qurilib, tadbirkorlarga 10 yilga lizingga beradi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda sanoatni rivojlantirish uchun yana 100 million dollar yo‘naltiriladi.
O‘zA