Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Shu kabi ko‘plab imkoniyatlarni sanab, Prezident Qoraqalpog‘iston tuman va shahar hokimlari mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim bo‘lishini ta’kidladi.

Bunda, tuman va shahar hokimlari har oyda o‘ziga biriktirilgan bittadan viloyatga boradi, ulardagi yaxshi tajribalarni o‘rganadi va tumanida joriy qiladi. Tadbirkorlarga o‘z hududidagi salohiyat va ustun jihatlarni tadbirkorlarga taqdimot qiladi, kamida 5 tadan tashabbuskor topib, o‘z tumaniga olib keladi va loyihani boshlaydi.

Haftada bir kunni to‘liq tadbirkor va investorlarga ajratib, muammosiga yechim topadi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston hududlari bilan boshqa viloyatlardagi tumanlar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha har yili investitsiya forumi o‘tkaziladi.

O‘zA