Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Ta’kidlanganidek, yil boshidan Qoraqalpog‘istondagi korxonalar 350 milliard so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
Natijada tadbirkorlar “soya”dan chiqqani, faoliyatini kengaytirgani hisobiga 4 ming aholi ishli bo‘ldi. Lekin, imtiyoz olgan ayrim korxonalarda ish o‘rinlari kamaygan.
Nukus, Kegeyli, Chimboy, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarini “ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud”ga aylantirish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi.
–Qoraqalpog‘istonda biznes uchun yaratilgan imkoniyat va sharoit boshqa birorta viloyatda yo‘qligi hisobga olinsa, shahar-tuman hokimlari bu imkoniyatlarni loyiha va ish o‘rniga aylantira olganda, ko‘rsatkichlar 5-10 karra yuqori bo‘lardi, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA