Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Qoraqalpog‘iston aholisini rozi qilish, hayotini yaxshilash, inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha hudud rahbariyatida tashabbuskorlik yetishmayotgani, tuman hokimlari esa bunga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgani ko‘rsatib o‘tildi, amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emas, deb topildi. 

Yil boshidan Bo‘zatov, Beruniy, Qorao‘zak, Kegeyli, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Taxtako‘pir, Xo‘jayli va Shumanayda investitsiya 5 million dollarga ham yetmagani qayd etildi.

Investitsiya hisobiga tashkil qilingan ba’zi korxonalar ishlamayotgani, hududda eksport 100 million dollardan kam bo‘lgani tanqid qilindi.

O‘zA