Qoraqalpog‘istonda bog‘cha qamrovi 28 foizdan 84 foizga oshdi

264

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Kegeyli tumanida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat dasturlari doirasida yo‘l, suv, ijtimoiy ob’ektlar qurilishi va mahalla infratuzilmasiga 11 trillion so‘m ajratildi. Xususan, bog‘cha qamrovi 28 foizdan 84 foizga oshdi. Yangi 21 ta maktab qurildi, yana 243 tasi to‘liq ta’mirlandi. 

Ilk marta 700 o‘ringa mo‘ljallangan 17 qavatli IT-park qurildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ikki yil ichida 40 mingga yaqin qoraqalpog‘istonlik yoshlar o‘qitildi.

Tuman va shaharlarda 74 ta oilaviy shifokorlik punkti, 81 ta poliklinika, 92 ta mahalla tibbiyot punktlari ishga tushdi. To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlarida qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi. O‘tgan davrda tibbiyot muassasalariga 300 milliard so‘mlik 1,5 mingdan ziyod asbob-uskunalar yetkazildi, yil yakunigacha yana 141 milliard so‘mlik tibbiy anjomlar beriladi.

Yaqin-yaqingacha o‘z uyiga mulk huquqi bo‘lmagani uchun 100 mingdan ortiq aholi qiynalib kelayotgan edi. Bu muammo hal bo‘lib, 27 mingta xonadonda yashovchi fuqarolarning uy-joyiga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etildi.

O‘zA