Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi xalqaro gumanitar tashkilotlar rahbarlari dunyo davlatlari yetakchilariga yo‘llagan, Jahon gumanitar yordam kuniga bag‘ishlab e’lon qilingan qo‘shma maktubda quyidagi ma’lumot keltirilgan:
– 2023 yil davomida gumanitar xodimlari yo‘q qilinishi holati 2022 yilga nisbatan ikki barobar ko‘paygan. Bu dunyo inson huquqi buzilgani uchun jazolanmaslik davrini boshdan kechirayotganini anglatadi. O‘tgan yil ham qurolli mojarolar tufayli o‘n minglab begunoh aholi jon berdi, yaralandi. 2024 yil o‘ldirilgan, yarador qilingan, ushlangan yoki o‘g‘irlab ketilganlar soni ham barchamizni dahshatga soladi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, ziddiyat taraflari va davlatlar zimmasidagi majburiyatini bajarishi, urush olib borish qoidasiga amal qilishi hamda insonlar chekayotgan azob-uqubatni kamaytirish uchun o‘z ta’siridan foydalanishi kerak.
Darvoqe, tashkil etilgan 1945 yildan buyon BMT aynan G‘azo sektorida eng ko‘p – 200 dan ko‘p xodim yo‘qotgan.