Yangi 2024-2025 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 723 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga 37 ming 975 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Har yili yangi o‘quv yili oldidan birinchi sinf o‘quvchilariga davlatimiz rahbarining sovg‘alarini topshirish an’anaga aylangan. Orolbo‘yi maktab o‘quvchilariga navbatdagi “Prezident sovg‘asi” yetib keldi. Jami 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat ushbu sovg‘alar barcha shahar va tumanlarga tarqatilmoqda.
Yaqinda maktabga ilk qadam qo‘yayotgan o‘quvchilar davlatimiz rahbari sovg‘alarini qabul qilgan holda darslarni boshlaydi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.