Bugun, 15 avgustdan mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholidan sport sinovlarini qabul qilish tadbirlari boshlanadi.
Aholining jismoniy qobiliyat va harakat faolligini aniqlash maqsadida yurtimizning barcha tuman va shaharlarida 30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlaridan ixtiyoriy va maxsus talablar bo‘yicha Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari qabul qilinadi.
Sport sinovlari tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlarini aniqlashga qaratilgan mezonlar bo‘yicha qabul qilinadi.
Sport sinovlarini topshirish istagidagi hamyurtlarimiz my.sport.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari istiqomat qilayotgan tuman va shahardagi sport maktabiga yoki mahallasidagi sport majmuasiga borgan holda sport sinovlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari 25 avgustga qadar qabul qilinadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA