“Reyter” nashri malum qilishicha, Yaponiya poytaxti tomon halokatli “Ampil” to‘foni yaqinlashmoqda.
15 avgust kuni mamlakat sharqida, suv yuzasida xavf ilk bor qayd etilgan. Natijada aviakompaniyalar yozgi sayohat mavsumi eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan bir paytda faoliyatni susaytirish, yuzlab reyslarni bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) tomonidan “kuchli” deya tasniflangan to‘fon mamlakatning Tinch okeani sohilidan taxminan 690 kilometr masofada hosil bo‘lgan. Kuchli havo oqimi tufayli “Ampil” sharqiy hudud bo‘ylab quruqlik tomon harakatlana boshlagan.
Mahalliy manbalar tarqatgan xabarga ko‘ra, to‘fon bir soniyada 35 metrga yetishi mumkin. Shamolning eng yuqori tezligi esa 50 metr sekundga yetishi taxmin qilinyapti.
– To‘fon yaqinlashayotgani munosabati bilan jamoatchilik bo‘ron turishi, to‘lqin baland ko‘tarilishi va kuchli yomg‘ir yog‘ishiga tayyor turishini so‘raymiz, deyilgan JMA axborotida. – Poytaxt va qo‘shni hududlarda favqulodda holat yuz berishi mumkin.
Kun chiqar yurtdagi eng yirik “Japan Airlines” kompaniyasi 191 ichki, 26 xalqaro reysni bekor qilmoqchi. ANA aviakompaniyasi ichki yo‘nalishdagi 280 parvoz kechiktirilishini e’lon qildi.
Temir yo‘l transporti faoliyati ham cheklanadi. Xususan, Tokio va Yaponiyaning sanoat markazi Nagoya o‘rtasidagi “Shinkansen” tez yurar poyezdi qatnovni butunlay to‘xtatgan.