Ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolov jurnalistlarga bergan intervyusida Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng uning vaznida kim musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.
– Ortimizda yosh ukalarimiz bor. Xususan, ular orasida Jahongir Zokirov ancha iqtidorli. Unga omad tilayman. Keyingi Olimpiadada u chempion bo‘lishiga ishonaman. Biz endi og‘ir vaznni hech kimga bermasligimiz kerak,– deya ta’kidlagan Jalolov.
Bundan avvalroq Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasida g‘olib bo‘lganidan keyin havaskor boksdagi faoliyatini yakunlaganini rasman tasdiqlagandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA