Temir yo‘llar tizimida korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi qanday?
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 11 maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati baholashdan o‘tkazilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari aniqlandi.
2024 yilda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan 128 funksiya baholashdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 26 funksiyada xavf-xatar darajasi «yuqori», 41 funksiyada «o‘rta» hamda 66 ta funksiyada «past» darajada baholangan.
Aytib o‘tish kerakki, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot «eng korrupsiyalashgan», korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar «korrupsioner» yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan «past» bo‘lgan tashkilotlar «korrupsiyadan xoli» hisoblanmaydi.
Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilgani yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayon (funksiya)lar va ularni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
Hozirda Aksiyadorlik jamiyati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
N.Abduraimova,
O‘zA