Parij shahrida davom etayotgan Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar medallar uchun kurashni boshladi.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Razambek Jamalov ilk davrada neytral sportchi Magomedxabib Kadimagomedov bilan bellashdi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan holda nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Endi Razambek chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bellashuvda slovakiyalik Taymuraz Salkazanovga qarshi gilamga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA