O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon san’at ustalarining “Do‘stlik kechasi” tantanali konsertida ishtirok etdi.

Tadbirda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, sammitning faxriy mehmoni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham qatnashdi.

Folklor-etnografik ansambllar va estrada san’atkorlarining rang-barang chiqishlari, milliy qo‘shiq va raqslar xalqlarimizning mushtarakligi va madaniy yaqinligini yaqqol namoyon etdi.