Bugungi kunda yurtimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 10 fevraldagi qonuni bilan 30 iyul  mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Shu munosabat bilan joylarda turli millat vakillari ishtirokida davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida yosh rassomlarning “Xalqlar do‘stligi yosh rassomlar nigohida” mavzusidagi tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirok etgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.