Mo‘ynoqqa sayohat

Sayohat manzillari
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali mehnat jamoasi ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida Mo‘ynoq tumaniga sayohat qildi.
Filial jamoasi Nukus xalqaro aeroportidan yo‘lovchi reys bilan Mo‘ynoqqa parvozni amalga oshirdi.

Dastlabki manzil ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyi majmuasi bo‘ldi. “Kemalar qabristoni”dagi 15 ga yaqin zanglagan kemalar ko‘rgazmasi Orol fojiasini chin ma’noda tasvirlab beradi.
Tumanga tashrif buyuradigan ko‘plab sayyohlarda qaynoq taassurotlarni qoldiradigan ushbu manzildan so‘ng, filial jamoasi o‘tmish va tarixni aks ettiruvchi Orol dengizi tarixi muzeyidagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Muzey xodimlari dengiz tarixi va mavjud eksponatlar haqida qiziqarli ma’lumot berdi. Sayohatchilar Orol dengizi tarixiga oid hujjatli filmni tomosha qildi.
– Mo‘ynoq bo‘ylab sayohatimiz davomida bu yerdagi diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishib, unutilmas taassurotga ega bo‘ldik, – deydi fakultet dekani A.Qaniyazov. – Qolaversa, Nukusdan Mo‘ynoqqa ilk parvozni amalga oshirganimiz ham bizga yorqin xotiralarni tuhfa qildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri