Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Parijda bo‘lib o‘tgan 142-sessiyasida 2030 va 2034 yillarda qishki Olimpiya o‘yinlari mezbonlari nomi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Fransiya 2030 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilsa, 2034 yilda bo‘lib o‘tadigan XXVII qishki Olimpiada o‘yinlari AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tishi belgilandi.
Sessiya davomida XOQ vitse-prezidenti Jon Kouts agar AQSH dopingga qarshi kurashda WADA ustuvorligini tan olmasa, tashkilot 2034 yilda Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkaziladigan o‘yinlarni tashkil qilish bo‘yicha shartnomani bekor qilish huquqiga ega ekanini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida: 2002 yilda ham qishki Olimpiya o‘yinlariga Solt-Leyk-Siti shahri mezbonlik qilgan edi. 2026 yil XXV qishki Olimpiada Italiyaning Milan va Kortine-d’Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA