O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shayx Mansur Ol Nahayon davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yaqin muloqotni davom ettirish va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi qayd etildi.