Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, akademik litseylarga kirish test sinovlari joriy yilning 25–26 iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlarini o‘tkazish vaqti:

25 iyul kuni 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;

26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2- smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA