O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev AQSHning Missisipi shtatining Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general Jenson Boylz boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, Markaziy Osiyoda umumiy xavf-xatarlarga va xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishni davom ettirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA