O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Maʼlumki, 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatagʻon siyosatining qurboni boʻlgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga joʻnatilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila aʼzolari boʻlgan.
Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yoʻlda jonini fido etgan, siyosiy qatagʻon qurbonlari boʻlgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini atroflicha oʻrganish va tadqiq etish, ularning nomlari va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha keyingi yillarda yurtimizda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2021–2024-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatagʻon qyrbonlarining nomlari oqlanganini alohida qayd etish lozim.
Hozirgi murakkab va tahlikali davrda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, tariximizning nomaʼlum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtayi nazardan chuqur oʻrganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalash maqsadida:
1. Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qatagʻon qyrboni boʻlgan shaxslarning hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularni nomma-nom aniqlash, tarixiy xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni, arxiv va muzeylar, kutubxonalar va turli fondlarda saqlanayotgan hujjatlarni toʻplash va tadqiq etish, ommalashtirish uchun ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish;
qatagʻon qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, oʻsha davr voqealariga guvoh boʻlgan insonlarning xotiralarini yozib olish, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni toʻplash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning hududlardagi boʻlimlari hamda Jadidlar merosi davlat muzeyining mavzuga doir maʼlumotlar, ashyoviy dalil va hujjatlar, boshqa tegishli eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borilishini taʼminlash;
qatagʻon qilingan yurtdoshlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatni tiklash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida koʻp jildlik “Qatagʻon qurbonlari” kitobini chop etish hamda ularning nomlarini Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritish ishlarini davom ettirish;
chet eldagi turli fondlar, arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, mavzuga oid ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish;
yosh avlodni Vatanimiz ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻyish.
Respublika komissiyasining ishchi organi etib Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini oʻrganish instituti, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi masʼul xodimlari va yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh belgilansin.
3. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining har yili oktyabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatagʻonqurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Respublika komissiyasi Qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligini munosib darajada oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Qatagʻon qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining ibratli hayoti va faoliyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida yanada keng targʻib etish maqsadida:
“Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi xalqimizning mustaqillikka erishish yoʻlidagi koʻp asrlik mardona kurashi, bu yoʻlda ciyosiy qatagʻonga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari, davra suhbatlari, taʼlim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlarini tashkil etib borsin;
Madaniyat vazirligi davlat buyurtmasi asosida spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar yaratsin;
Yoshlar ishlari agentligi audiovizual mahsulotlar tayyorlab, ularni internet tarmogʻida ommalashtirsin, shuningdek, foydalanuvchilar oʻrtasida tyrli tanlov, musobaqa va aksiyalar oʻtkazsin;
Fanlar akademiyasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish va platformani yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitish choralarini koʻrsin;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etsin;
Turizm qoʻmitasi qatagʻon qurbonlarining nomlari bilan bogʻliq muzey va obyektlarni sayyohlik yoʻnalishlariga kiritish chora-tadbirlarini koʻrsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan birgalikda Respublika komissiyasining qarori asosida:
qatagʻon qyrbonlari va jadidlik harakati vakillari boʻlgan shaxslar tugʻilib oʻsgan, yashagan xonadonlarni aniqlasin va ularda esdalik lavhalarini oʻrnatsin;
mahallalarda va umumtaʼlim maktablarida tegishli tarzda “Qatagʻon qurbonlari xotirasi burchaklari”ni, stendlar va boshqa koʻrgazmali vositalarni tashkil etsin.
Mazkur bandda belgilangan vazifalar mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Qatagʻon qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosi, shuningdek, oʻsha davrdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar boʻyicha tadqiqotlar olib borishmaqsadida:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mavzuga oid ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasining tanlovlar asosida shakllantirilishi hamda ilmiy loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlasin;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi qatagʻon qyrbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining ilmiy-ijodiy faoliyatiga tegishli nodir kitoblar, qoʻlyozma asarlar, tarixiy hujjatlar va boshqa materiallarni taʼmirlasin hamda raqamlashtirsin;
“Oʻzarxiv” agentligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan qatagʻon qyrbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga oid muayyan arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqarish choralarini koʻrsin;
vazirlik va idoralar qatagʻon qyrbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar olib borish uchun Respublika komissiyasi tavsiyasiga asosan, tegishli idoraviy arxivlardan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
Tashqi ishlar vazirligi qatagʻon qyrbonlarining hayoti va faoliyatiga doir chet ellardagi mavjud manbalarni izlab topish va oʻrganishda xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari, nufuzli universitet va fondlar hamda soha mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatsin.
7. Madaniy meros agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaxsiy va oilaviy arxivlarda saqlab kelinayotgan qatagʻon qyrbonlari faoliyatiga bevosita daxldor boʻlgan qoʻlyozma, kitob, surat va buyum shaklidagi tarixiy-madaniy ashyolarning davlat muzeylari fondlariga qabul qilib olinishini tashkil etsin.
8. Qatagʻon qyrbonlari xotirasi davlat muzeyi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududlardagi boʻlimlari fondlarini muntazam boyitib borish, ularda yangi ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish hamda bu borada zamonaviy raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻysin.
9. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratyra, Bojxona qoʻmitasi ushbu qaror bilan belgilangan vazifalarni bajarishda daxldor vazirlik, idora va tashkilotlarga har tomonlama yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
10. Adliya vazirligi Bosh prokuratyra, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mustabid tuzum davrida siyosiy qatagʻonga uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish tartibini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
2025-yildan boshlab qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish, “Qatagʻon qurbonlari” xotira kitoblarini, kitob va albomlar, yoʻl koʻrsatkichlarini tayyorlash, shuningdek, koʻrgazmalar tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining tuzilmasini takomillashtirish, jumladan, uning tarkibida multimedia, nashriyot va matbaa boʻlinmalarini tashkil etish hamda muzey va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayotiva faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning ilmiy-ijodiy merosining mohiyati va tarbiyaviy ahamiyatini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni keng yoritish, mavzuga oid telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni muntazam efirga uzatish hamda matbuot nashrlari va internet sahifalarida maqolalar eʼlon qilib borish tavsiya etilsin.
14. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOEV