“Orol yigitlari” raqs ansambli Qirg‘izistonda o‘tkazilgan “Raqs san’ati – 2024” festivali gran-pri mukofoti sohibi bo‘ldi
Joriy yilning 7-12 iyul kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida “Raqs san’ati – 2024” II Xalqaro do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston raqs jamoalari ishtirok etdi.
Tanlov natijasiga ko‘ra O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi “Orol yigitlari” raqs ansambli mutlaq g‘olib bo‘lib, gran-pri sohibi bo‘ldi. G‘olib jamoaga Kipr mamlakatiga sayohat yo‘llanmasi taqdim etildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri