Birinchi yarim yillikda jami kapital quyilmalar 229 trillion so‘mni tashkil qilgani ta’kidlandi. Shundan 15,5 milliard dollari xorijiy investitsiya.

Yil boshidan 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratildi.

Tadbirkorlik uchun 82 trillion so‘m kredit va 15,5 trillion so‘m subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilindi. Berilgan yengillik va imtiyozlar hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 56,3 trillion so‘m mablag‘ qoldi.

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 4 mingdan ortiq mahalla sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashdi, 1 million 600 ming aholi rasmiy band bo‘ldi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

O‘zA