O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shusha shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.
Kuni kecha davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev hamrohligida Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi, unda Prezidentimiz hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi va muhim takliflar bilan chiqdi.
Shuningdek, sammit doirasida O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.