Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan oylarida mahallalarda 14-30 yosh oralig‘idagi 53 ming 940 nafar yosh xatlovdan o‘tkazilib, “Yoshlar balansi” shakllantirildi.  Xatlov yakunlari bilan 23 ming 216 nafar yoshning ro‘yxati shakllantirildi va 6 ta huquq- tartibot organiga biriktirildi. Jumladan, 12 ta mahalladagi 6 ming 210 nafar yosh Mudofaa bo‘limiga, 8 ta mahalladagi 3 ming 757 nafar yosh Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga, 12 ta mahalladagi 5 ming 868 nafar yosh Ichki ishlar bo‘limiga, 4 ta mahalladagi 1 ming 867 nafar yosh Adliya bo‘limiga hamda 4 ta mahalladagi 1 ming 781 nafar yosh Milliy gvardiyaga, shundan og‘ir toifadagi 432 nafar yosh tumandagi 49 ta rahbarga biriktirildi.

Tumanda 1 ming 668 nafar ishsiz yoshning ro‘yxati shakllantirilib, “Bandlik” dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur asosida 420 nafar yosh o‘z mutaxassisligi, qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib doimiy ishga joylashtirildi.60 nafar yosh kasb-hunar va zamonaviy kasblarga o‘qitildi. 15 nafar yoshga hunarmandchilik, tikuvchilik, duradgorlik qilishda o‘z uyida biror mahsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishi uchun subsidiya asosida asbob-uskuna olib berildi.Qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini  oshirish  maqsadida 1 ming 104 nafar yoshga 400 gektar yer ajratildi. Bundan tashqari, o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan 545 nafar  yoshga xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va boshqa sohalar uchun kredit ajratildi. Shuningdek 114 nafar yosh jamoat ishlariga joylashtirildi.

Joriy yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 452 nafar yoshning shartnoma puli, 25 nafar yoshning haydovchilik guvohnoma olishi, 40 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun badal puli, 2 nafar yoshning davolanish bilan bog‘liq xarajati qoplab berildi.101 nafar yoshga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi vakillarining ta’kidlashicha, joriy yil yakuniga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri