Osiyo futbol konfederatsiyasining navbatdagi litsenziyalash mavsumi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 19 ta klubi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi va qit’ada eng yaxshi ko‘rsatkichni egalladi.

Mamlakatimiz Superligasi hamda Pro ligasida qatnashayotgan klublar, OFK litsenziyalash reglamenti shartlari asosida sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy va moliyaviy mezonlar bo‘yicha hujjatlarni taqdim etdi.

Yangi tashkil etilayotgan qit’a klublar musobaqalari oldidan yurtimizning 19 ta klubi qit’a futbol uyushmasining elit turniri minimal talablarini bemalol bajara oladigan holatga yetgani mamlakatimizda sportning boshqa turlari kabi, futbolga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasidir.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA