Xalqaro shaxmat federatsiyasining «FIDE Circuit-2024» reytingining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Poytaxtimiz Toshkentda poyoniga yetgan “UzChess Cup-2024” turniridan so‘ng ushbu reytingda uch nafar shaxmatchimizning nomi qayd etildi. Ular orasida 19.28 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov «FIDE Circuit- 2024» reytingining yetakchilari safidan joy oldi.

Shuningdek, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyevning ushbu reytingda nomi qayd etildi.

Aytish lozim, 2024 yil yakuniga ko‘ra, «FIDE Circuit-2024» reytingi yetakchisi navbatdagi «Da’vogarlar turniri»da qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA