Xabaringiz bor, joriy yilning 12-23 iyun kunlari Rossiyaning Qozon shahrida xalqaro kompleks BRIKS o‘yinlari musobaqasi tashkil etiladi. Dunyoning 60 mamlakatidan 4 ming 751 nafar sportchi mazkur musobaqada 27 sport turi bo‘yicha o‘zaro raqobatlashadi. Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi.
Quvonarlisi, musobaqa rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining 173 nafar a’zosi belbog‘li kurash, ushu, boks, sport gimnastikasi, karate, sport kurashlari, yengil atletika, tennis, qilichbozlik, eshkak eshish sport turlari va sinxron suzish kabi sport turlari bo‘yicha ishtirok etishi aniq bo‘ldi. Shuni aytishimiz lozimki, O‘zbekiston delegatsiyasi jami 19 sport turi bo‘yicha bahslarda qatnashishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, oltinchi bor o‘tkazilayotgan BRIKS o‘yinlarida ishtirokchilar jami 387 ta medallar jamg‘armasi uchun kurash olib boradi. Musobaqaning ilk bahslari 13 iyun kunidan boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA