Eronda Konstitutsiyasini qo‘riqlash kengashi tomonidan 28 iyunga belgilangan prezidentlik saylovida ishtirok etadigan nomzodlarni saralash yakunlandi.

Da’vogarlarning sodiqligi, siyosiy, axloqiy va diniy qarashi tekshirildi.

Tanlov jarayonida parlament spikeri Muhammad Bagir G‘olibof, Tehron meri Alirizo Zako‘niy va ma’naviyat yetakchisining Eron Islom Respublikasi Xavfsizlik Kengashidagi vakili Said Jaliliy qatnashdi. Jumladan, deputat Ma’sud Pazashkiyon, sobiq mamlakat prokurori Mustafo Purmuhammadiy va vitse-prezident G‘ozizoda Hoshimiy ham prezidentlik poygasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mo‘’tadil qanotga mansub siyosatchi, parlamenting sobiq spikeri Ali Larijoniy, sobiq prezident Mahmud Ahmadinajod va birinchi vitse-prezident Ishoq Jahongiriyga ruxsat berilmagan.

Kengash roziligini olgan nomzodlar saylov oldi tashviqotini 27 iyun kuni soat 08.00 ga qadar davom ettirishi mumkin.