Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu haqda ta’kidlandi.
Kuz-qish mavsumida aholini issiqlik va ichimlik suvi bilan kafolatli ta’minlash uchun qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, suv tarmoqlari va nasoslarni ta’mirlash vazifalari belgilab olindi.
Umuman, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida Energetika vazirligi rahbarlari hududlarga biriktiriladigan bo‘ldi.
Ushbu rahbarlar joylarda ishlarni tashkil qilishga hamda har bir nosozlik va avariyalarni zudlik bilan bartaraf etishga mas’ul bo‘ladi.
Yig‘ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
O‘zA