Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganildi, tumanlar kesimida dastur ishlab chiqildi. 

Tayyorgarlik ishlariga o‘tgan yilgi 14 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m ajratilishi belgilandi. 

Prezident mutasaddilarni ogohlantirib, энди “muddat kam edi, mablag‘ bo‘lmadi”, deb bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘qligini alohida ta’kidladi

Yil boshidan viloyatlarda 250 ta avariyaviy o‘chish bois ayrim joylardagi iste’molchilarga elektr barqaror yetkazilmagani qayd etildi. Chunki ba’zi ko‘p qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini o‘tab bo‘lgan.

Mutasaddilarga bu boradagi kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirildi. 

Ishlarni eng og‘ir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qo‘yildi.

O‘zA