Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Qayd etilganidek, respublikamizdagi 39 mingga yaqin ko‘p qavatli uyga 819 ta boshqaruv kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda.

Soliq imtiyozi, arzon kredit berilgani, eski qarzlar “muzlatilgani” hisobiga ular oyoqqa turayotgani ta’kidlandi. Bir yil oldin 133 ta boshqaruv kompaniyasi “og‘ir” toifada bo‘lgan, hozir bunday kompaniya qolmadi.

Natijada yil boshidan 2 ming 100 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi, 1 millionga yaqin daraxt va gul ko‘chatlari ekildi.

Bu borada Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi.

O‘zA