Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, uning hududiy bo‘limlari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom turmush – yorug‘ kelajak” shiori ostida mini futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Majburiy ijro byurosi organlari tashkil etilganligining 7 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir, eng avvalo, xodimlarning salomatligini mustaxkamlash bilan birga ular faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Qiziqarli o‘tgan musobaqa g‘oliblarini Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi rahbarlari qutlab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri