Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotining Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan sammitiga borishini tasdiqladi.
– Tez orada Ostonada yig‘ilamiz, – dedi RF yetakchisi dunyoning yetakchi axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda. – Men SHHT sammiti va anjuman doirasida rejalashtirilgan boshqa turli tadbirlarga taklif qilinganman va bu imkoniyatdan albatta foydalanaman.