“Nvidia” bosh direktori Jensen Xuang har yili sun’iy intellekt tezligini yangilash rejasini e’lon qildi. “AzerTAJ” xabariga ko‘ra, “Computex” ko‘rgazmasida 2025 yilgacha yaratiladigan “Blackwell Ultra” chipi va 2026 yilgacha sotuvga chiqariladigan “Rubin” nomli yangi avlod platformasi taqdim etildi.
Sun’iy intellektga asoslangan ma’lumot markazi tizimi bilan mashhur ushbu kompaniya Tayvanda yangi vosita va dasturiy ta’minot modelini ham namoyish etdi.
“Nvidia” sun’iy idrok takomillashishiga sanoat inqilobi sifatida qaraydi va bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Janob Xuang sun’iy intellektning turli kompaniyalar va davlat idoralariga ta’siri kengayishi kutilayotganini aytdi. Texnologiya turli sohalar, jumladan kemasozlik va dori vositalari ishlab chiqarishda qo‘llanadi.
Turli kompaniyalar sun’iy intellekt sohasida raqobatlashishga urinayotganiga qaramay, “Nvidia” aksiyasi yil boshidan buyon 120 foiz qimmatlashgani ta’kidlanmoqda.