Xalqaro tajriba asosida milliy mehmonxona brendlarini yaratish tashabbuslari o‘rganilib, tegishli choralar ishlab chiqiladi
431
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqot davom etmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan:
– maktab va kollej o‘quvchilari avtobusda bir viloyatdan boshqasiga sayohat qilishida yo‘l-patrul xizmati hamrohligi uchun tariflarni keskin kamaytirish;
– har yili kamida 20 ta o‘rta bo‘g‘in menejerlarini xorijda qisqa muddatli malaka oshirishga yuborish, yangi o‘quv yilidan turizm sohasidagi oliygoh va texnikumlarda “dual ta’lim”ni joriy qilish;
– 3-4 qavatli mehmonxonalarga ham subsidiya berish, mehmonxonasi bo‘lmagan 22 ta tumanda kichik otellar barpo etishga oilaviy xonalar sonidan kelib chiqib subsidiya ajratish;
– xalqaro tajriba asosida milliy mehmonxona brendlarini yaratish tashabbuslarini o‘rganib, tegishli choralarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
O‘zA