Davlatimiz rahbari soha vakillari va tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi. Jumladan, muloqotda:
– turizm xizmatlari ko‘rsatuvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish;
– turoperatorlarni madaniy meros ob’ektlari va temir yo‘l chiptalari narxlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida oldindan xabardor qilish;
– mehmonxona boshqaruvchilarini tayyorlash va mehmonxona qurishga subsidiyalar doirasini kengaytirish;
– pensiya yoshidagi turistlarga alohida viza tartibini joriy etish;
– tarixiy shaxslarning uy-muzeylarini restavratsiya qilish kabi masalalar ko‘tarildi, taklif va tashabbuslar bildirildi.
O‘zA